Dam bu damdir, o`zga damni dam dema,
Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema. (x2)

Kuymasa joni-taning ham ustixon,
Ko`z yoshing oqqan bilan sen nam dema. (x2)

Odamida zarra ma’no bo`lmasa,
Sen uni surat ko`rib odam dema. (x2)

Asli-nasling qatrai obi erur,
Xasni ko`rsang, sen o`zingdan kam dema. (x2)

Gar yurakda bo`lmasa yuz dog`i-dard,
Zinhor, qochgil, uni hamdam dema. (x2)

Ahmad-o tutgil g`animat har nafas,
Yorsiz o`tgan bu damni dam dema. (x2)

Dam bu damdir, o`zga damni dam dema,
Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema. (x2)

Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema, dod-ay,
Salomat-ey.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dam dema
Xonanda:
O'ktam Ahmedov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2017