• O'ktam Ahmedov - Holi parishonim

    O'ktam Ahmedov

    Holi parishonim

    Hech kima ma’lum emas holi parishonim mening, {x2}
    Osmonni pora qildi ohu afg`onim mening. {x2}

    Men nechuk shod etmayinkim, xasta ko`nglumni bu kun? {x2}
    Keldi holimni so`rab jon ichra jononim mening. {x2}

    Ey sitamgar, kelgin-u aknun shahid etkil meni, {x2}
    Mavj ursun Karbalo dashtida bu qonim mening. {x2}

    Nozi-istig`no bila kelib mening holimni so`r,
    Termulib doim yo`limda, chashmi giryonim mening.

    Tobakay jabr-u sitam aylab yurursan, ey rafiq,
    Chiqdi, Mashrab, ushbu g`amdin bu aziz jonim mening. (x2)

    Hech kima ma’lum emas holi parishonim mening…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.