Oxunjon Madaliyev - Palaxmon tosh

Oxunjon Madaliyev

Palaxmon tosh

Osmon yerga engashib,
Bulut sog`di kun bo`yi. (x2)
Yolg`onchi yor to`yida
Yomg`ir yog`di kun bo`yi. (x2)

Yomg`ir emas, yoqqan bu
Kelinning ko`z yoshidir. (x2)
Yig`lama yor, qiz bola –
Palaxmonning toshidir! (x2)

Egilmagan yerlarga
Egib yigit boshimni,
Palaxmonjon, qaylarga
Otding yoqut toshimni? (x2)

Palaxmonjon, qaylarga
Otding yoqut toshimni?

Qayg`urmagin, kel chorbog`,
Aylanamiz, yur, do`stim. (x2)
Peshonang sho`r ekan, bu
Taqdir, dedi bir do`stim. (x2)

Taqdir emas, ayirgan
Yorning qalam qoshidir. (x2)
Yig`lama yor, qiz bola –
Palaxmonning toshidir! (x2)

Egilmagan yerlarga
Egib yigit boshimni,
Palaxmonjon, qaylarga
Otding yoqut toshimni? (x2)

Palaxmonjon, qaylarga
Otding yoqut toshimni?

Egilmagan yerlarga
Egib yigit boshimni,
Palaxmonjon, qaylarga
Otding yoqut toshimni? (x2)

Palaxmonjon, qaylarga
Otding yoqut toshimni?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Palaxmon tosh
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2016