• Ohunjon Madaliyev - Sevgi sevgi

    Oxunjon Madaliyev

    Sevgi-sevgi

    Meni yomon ranjitding,
    Sendan qattiq xafaman.
    Lekin sendek kuydirgi
    Qizni qaydan topaman. (x2)

    Sevgi, sevgi, der ekan,
    Sevgi dilni yer ekan.
    Qizga mehring berguncha,
    Muzga bag`ring ber ekan. (x2)

    Buloqdek qaynab yotsam,
    Sochingni o`ynab yotsam,
    Hech kim xalal bermasa,
    Ko`zingni o`ylab yotsam. (x2)

    Sevgi, sevgi, der ekan,
    Sevgi dilni yer ekan.
    Qizga mehring berguncha,
    Muzga bag`ring ber ekan. (x2)

    Azob chekkin, ataylab
    Qo`lingdan suv ichmayman.
    Ko`ylagimning tugmasi
    Botmasin, deb quchmayman. (x2)

    Sevgi, sevgi, der ekan,
    Sevgi dilni yer ekan.
    Qizga mehring berguncha,
    Muzga bag`ring ber ekan. (x2)