O'lmas Olloberganov - Mehmon ekanmiz qo'shiq matni, lyrics

O'lmas Olloberganov

Mehmon ekanmiz

Barchani yaratmish Xudo,
Bo`lsa hamki shohu-gado. (x2)
Bu o`tkinchi, yolg`on dunyo,
Mehmon ekanmiz hammamiz. (x2)

Olloh bizga umr bersa,
Orzu, umidimiz kelsa, (x2)
Tanda jonimiz sog` bo`lsa,
Sulton ekanmiz hammamiz. (x2)

Oqshom yotsak, azon yo`qmiz,
Ko`zimiz och yoki to`qmiz. (x2)
Umr – chaqin, bizlar – o`qmiz,
Hayron ekanmiz hammamiz. (x2)

Mol-dunyoni bizlar sevib,
Ajal yurar bizni quvib. (x2)
Yashamoq yo`q shukr qilib,
Nodon ekanmiz hammamiz. (x2)

Azimjon, ig`vo gap qursin,
Oq yuzni ham yerga bursin. (x2)
Bir-birovga mehr bo`lsin,
Inson ekanmiz hammamiz. (x2)

Barchani yaratmish Xudo,
Bo`lsa hamki shohu-gado. (x2)
Bu o`tkinchi, yolg`on dunyo,
Mehmon ekanmiz hammamiz.

Bu o`tkinchi dunyoda
Mehmon ekanmiz hammamiz.

Ey, inson ekanmiz hammamiz,
Dod, nodon ekanmiz hammamiz,
Ey, inson ekanmiz hammamiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mehmon ekanmiz
Xonanda:
O'lmas Olloberganov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 4, 2019