• Oybek va Nigora - Faqat sen qo'shiq matni, lyrics

    Oybek va Nigora

    Faqat sen

    Sensiz kunim o`tar mazmunsiz, bilsang,
    Menga bor arzingni aytsang-aytmasang.
    Erkaliging har kun qilsang-qilmasang,
    Seni chin ko`nglimdan yaxshi ko`raman.

    Faqat sen mening borim,
    Faqat sen mening beg`uborim,
    Faqat sen yolg`iz yorim,
    Faqat sen… (x2)

    Yonimda bo`lsang ham qo`msayman, bilsang,
    Sevgi izhoringni aytsang-aytmasang.
    Menga bor mehringni bersang-bermasang,
    Seni chin qalbimdan yaxshi ko`raman.

    Faqat sen mening borim,
    Faqat sen mening beg`uborim,
    Faqat sen yolg`iz yorim,
    Faqat sen… (x2+x4)