Ozodbek Nazarbekov - Arazlab ketdi

Ozodbek Nazarbekov

Arazlab ketdi

Xafa bo’lib bir zumda
Meni zor tashlab ketdi,
Dilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Intizor ko’ngil g’arib,
Bir kunda qoldim qarib, (x2)
Borsammikan axtarib,
Yorim arazlab ketdi. (x2)

Tunlar o’tar uyqusiz,
Xayotim his-tuyg’usiz. (x2)
Fayzi o’chgan uy usiz –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Huvillab qoldi bag’ir,
Ichgan suvim ham taxir, (x2)
Nimadir kamday axir –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Yo’l qarab kun ham botdi,
Bemadorday tong otdi, (x2)
Nima qilay bosh qotdi –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Uyimning farishtasi,
Ozoda sarishtasi, (x2)
Tortib ko’ngil rishtasin
Yorim arazlab ketdi (x2)

Xafa bo’lib bir zumda
Meni zor tashlab ketdi,
Tilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi.

Tilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arazlab ketdi
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 18, 2014