Kutaman quyoshning botishin,
Oy chiqar yuzingni eslatib. (x2)
Kutaman yana tong otishin,
Kun chiqar ko’zingni eslatib. (x2)

Kutaman, kutaman,
Kutaman, oh kutaman.

Hijronlar ish yo’lin buzarmu,
Sog’inching bag’rimni ezarmu? (x2)
Tong yeli pichirlab esarmu,
Nozli sho’x so’zingni eslatib. (x2)

Kutaman, kutaman,
Kutaman, oh kutaman.

Yo kelib ko’nglimni bir shod et,
Ishqimiz qasrini obod et. (x2)
Kelmasang ko’nglimdan mayli ket,
Qiynama o’zingni eslatib. (x2)

Hijronlar ish yo’lin buzarmu,
Sog’inching bag’rimni ezarmu?
Tong yeli pichirlab esarmu,
Nozli sho’x so’zingni eslatib.

Tong yeli pichirlab esarmu,
Nozli sho’x so’zingni eslatib.

Kutaman quyoshning botishin,
Oy chiqar yuzingni eslatib.
Kutaman yana tong otishin,
Kun chiqar ko’zingni eslatib.

Kutaman, kutaman,
Kutaman, oh kutaman.
Oh, kutaman… kutaman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslatib
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2015

O'xshash qo'shiqlar matnlari