[Rayhon]
Men seni eslayman tush kabi,
Bag`rimda, qalbimda alamlar.
Qalbim osmonimda bulutlar kezadi,
Qaytib kelmasliging sezadi.

[Ozodbek Nazarbekov]
Qalbimda alamlar qasoskor,
Ko`zlarim yo`lingda umidvor.
Nahot ikkimizga armondir muhabbat?
Ayriliq, yurakda musibat.

[Rayhon]
Do`sti yoqqa do`st bo`lgin hayot,
Jufti yo`qqa juft bergin hayot.
Bo`lmaganni o`zing bo`ldirgin
Hayot, hayot.

[Ozodbek Nazarbekov]
Sabri yo`qqa sabr ber hayot,
Qadri yo`qqa qadrin ber hayot.
Bo`lmaganni o`zing bo`ldirgin
Hayot, hayot.

[Ozodbek Nazarbekov]
Men seni eslayman tush kabi,
Bag`rimda, qalbimda alamlar.
[Rayhon]
Yo`qliging mening ham yuragim ezadi,
Ayriliq shamoli esadi.

[Ozodbek Nazarbekov]
Do`sti yoqqa do`st bo`lgin hayot,
Jufti yo`qqa juft bergin hayot.
Bo`lmaganni o`zing bo`ldirgin
Hayot, hayot.

[Rayhon]
Sabri yo`qqa sabr ber hayot,
Qadri yo`qqa qadrin ber hayot.
Bo`lmaganni o`zing bo`ldirgin
Hayot, hayot.

[Rayhon va Ozodbek Nazarbekov]
Do`sti yoqqa do`st bo`lgin hayot,
Jufti yo`qqa juft bergin hayot.
Bo`lmaganni o`zing bo`ldirgin
Hayot, hayot.

Sabri yo`qqa sabr ber hayot,
Qadri yo`qqa qadrin ber hayot.
Bo`lmaganni o`zing bo`ldirgin
Hayot, hayot.

Hayot, hayot, hayot, hayot…
Hayot…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov, Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2017