• Aksing ko’zimdan o’tar,
    Hijronlar bizni yutar,
    Meni sendek kim kutar,
    O’zimning intizorim. (x2)

    Ketmoqdaman, yo’ldaman,
    Sensizlikda cho’ldaman,
    Yig’ladingmi do’ldaman,
    O’zimning intizorim. (x2)

    Yonib suydim-a,
    Dil o’ydim-a,
    Sog’intirib qo’ydim-a,
    O’zimning intizorim. (x2)

    Tunda boqsam oydasan,
    Soyga boqsam soydasan,
    Aytchi o’zing qaydasan,
    O’zimning intizorim? (x2)

    Sog’inch sahri yomonda,
    Ko’zlarim sen tomonda,
    Qoshing ko’rdim kamonda,
    O’zimning intizorim. (x2)

    Yonib suydim-a,
    Dil o’ydim-a,
    Sog’intirib qo’ydim-a,
    O’zimning intizorim. (x4)

    O’zimning intizorim.

    Biz ekkan o’shal nihol
    Bo’libdi majnuntol,
    Yetib keldim, kutib ol,
    O’zimning intizorim.