Habiba Ohunova - Odob bilan qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Odob bilan

Har kishi topgay kamol odob bilan,
Ochilur husni jamol odob bilan.

El nazar etsin desang, mehnatsevar,
Bo`l yana shirin va bol odob bilan.

Keksa-yu yoshlarga ko`rsat iltifot,
Hech kishi topmas zavol odob bilan.

Ko`pchilik ichra tanildim har qachon,
Bu jahonda er ayon odob bilan.

El qidirgay har qachon izzat qilib,
Tanti, chin mard bo`l, halol, odob bilan. {x2}

Gafforo odobining ilmini o`qi,
Bilmasang bergil savol odob bilan.

Har kishi topgay kamol odob bilan,
Odob bilan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Odob bilan
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2018