Ey, azaldin to abad, ko`nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo`ldi jonim asru afgoring sening. (x2)

Dilbarimning mazhabida yo`q turur rasmiy vafo,
Ey ko`ngul, ne yerga yetgay nolai zoring sening. (x2)
Sening, sening…

Ey, azaldin to abad, ko`nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo`ldi jonim asru afgoring sening.
Sening, sening…

Jon berur chog`da qoshimg`a Tangri uchun kel begim,
Bore ko`rmish bo`lg`amen bir lahza diydoring sening. (x2)

Shar ichinda bo`lsa uzruk, so`ziga yo`q e’tibor,
Qonima bergay tonuqlik ikki ayyoring sening. (x2)
Sening, sening…

Ey, azaldin to abad, ko`nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo`ldi jonim asru afgoring sening.
Sening, sening…

Har qachon Lutfiyni o`ltursang jafo tig`i bila,
Anda ham bo`lg`ay mening ruhim madadkoring sening. (x2)

Dilbarimning mazhabida yo`q turur rasmiy vafo,
Ey ko`ngul, ne yerga yetgay nolai zoring sening. (x2)
Sening, sening…

Ey, azaldin to abad, ko`nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo`ldi jonim asru afgoring sening.
Sening, sening…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sening
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 20, 2016