• Eshitgaymiz, kimlar nolib yurar emish,
    Qiz tug`ding, deb ayolga do`q urar emish. (x2)
    O`g`ilmi, qiz bermog`i bu taqdirda bor,
    Bu dunyoda qancha odam tirnoqqa zor,
    Xo`rlayvermang, qiz bolaning uvoli bor.

    O`g’lim yo`q, deb noliganlar xato qilur,
    Qiz har joyda otasini duo qilur. (x2)
    Ba’zi o`g`illardan, do`stim, asrasin-ey,
    Oqila qiz bir kun jannat ato qilur.

    Bo`ladi-bo`ladi, qizlar kelin bo`ladi,
    Yor-yor bilan ketar chog`, yuragingiz yuladi.
    Bo`ladi-bo`ladi, qiz mehribon bo`ladi,
    Yuragini uzdirib, qiz uzatgan biladi.

    Yaxshi niyat – yarti mol, o`ylar qiling,
    O`n ikki yosh qizga muchal to`ylar qiling.
    Ne azizlar o`g`lim yo`q deb nolishmagan,
    Yaxshi kuyov goh o`g`ildan qolishmagan. {x2}

    Bo`ladi-bo`ladi, qizlar kelin bo`ladi,
    Yor-yor bilan ketar chog`, yuragingiz yuladi.
    Bo`ladi-bo`ladi, qiz mehribon bo`ladi,
    Yuragini uzdirib, qiz uzatgan biladi.

    Dilingizni yorug` qilgan sado bo`lay,
    Kuylab-kuylab, dardingizni ado qilay. (x2)
    El ichida bugun holis niyat qilay,
    Alpomishdek o`g`illarni sizga tilay,
    To`yingizda to`y bolani kuylab beray.

    Bo`ladi-bo`ladi, qizlar kelin bo`ladi,
    Yor-yor bilan ketar chog`, yuragingiz yuladi.
    Bo`ladi-bo`ladi, qiz mehribon bo`ladi,
    Nolima, ey birodar, nevara o`g`il bo`ladi.