Rayhon - Javob ber

Rayhon

Javob ber

Bir seni sevmadimmi, yuragim bermadimmi,
Javob ber?
Qadringga yetmadimmi yo baxtli etmadimmi,
Javob ber?

Ishonib yuragimni qo’lingga tutmadimmi,
Javob ber?
Xatoyim seni sevib, umidvor kutganimmi,
Javob ber?

Xazonlar birma-bir qalbimni parchalar,
Armonlar tinmasdan bag’rimga sanchilar.
Yolg’onlar tubiga cho’kkan dil bechora,
Yig’lama, ishq o’zi shafqatsiz, nachora?

Bir seni sevmadimmi, yuragim bermadimmi,
Javob ber?
Qadringga yetmadimmi yo baxtli etmadimmi,
Javob ber?

Ishonib yuragimni qo’lingga tutmadimmi,
Javob ber?
Xatoyim seni sevib, umidvor kutganimmi,
Javob ber?

Javobsiz savollar tilkalar qalbimni,
Yo’qliging hanuzgacha sinar sabrimni.
Orzuying shu edimi, aytgin, yolg’izim?
Tobora-tobora yiroqlarda orzuyim.

Bir seni sevmadimmi, yuragim bermadimmi,
Javob ber?
Qadringga yetmadimmi yo baxtli etmadimmi,
Javob ber?

Ishonib yuragimni qo’lingga tutmadimmi,
Javob ber?
Xatoyim seni sevib, umidvor kutganimmi,
Javob ber?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Javob ber
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2016