• Rayhon - So'zlama

    Rayhon

    So’zlama

    So’zlama… So’zlama… (x2)

    Yozimdan bahor izlama,
    So’zimdan xato izlama,
    Ko’zimga termulib sen qarama.
    Yuragimni sen qiynama,
    Sevgi yolg’on deb o’ylama,
    Ishonmas bo’lsang hech kelma sen.

    Xayollarim senda edi,
    Har doim seni o’ylardim,
    Tunlarda, kunlarda faqat.
    Avvallari boshqa eding,
    Qalbimni yorug’ etarding,
    Ko’zingda bor edi muhabbat.

    Menga bunday so’zlama,
    Yolg’onga yor izlama,
    Qalbim sezar
    Barcha istaging seni ko’rib.

    Menga bunday so’zlama,
    Yolg’onga yor izlama,
    Yurak sezar nelar
    O’ylading meni ko’rib.

    So’zlama… So’zlama… (x2)

    Aslida ko’zlar so’zlasa,
    Aytilgan so’zlar kerakmas,
    Aldashga bahona hech izlama.
    Sevgini sarob etmagin,
    Tuyg’ularni xor etmagin,
    O’z hayotingda zor o’tma sen.

    Xayollarim senda edi,
    Har doim seni o’ylardim,
    Tunlarda, kunlarda faqat.
    Avvallari boshqa eding,
    Qalbimni yorug’ etarding,
    Ko’zingda bor edi muhabbat.

    Menga bunday so’zlama,
    Yolg’onga yor izlama,
    Qalbim sezar
    Barcha istaging seni ko’rib.

    Menga bunday so’zlama,
    Yolg’onga yor izlama,
    Yurak sezar nelar
    O’ylading meni ko’rib.

    So’zlama… So’zlama… (x4)