• Rayhon - U meniki

    Rayhon

    U meniki

    Hey qiz eshit, senga aytar so`zlarim bor,
    Men aytaman, ko`nglingga bersa ham ozor,
    Tinch qo`ygin, mening sevgimni tinch qo`ygin.
    Hech ham uning yonida bo`lma parvona,
    Sen uni deb bo`lmagin aslo devona,
    Sevmaydi, bilgin, u seni sevmaydi!

    U bor joylarda sen hech bo`lmagin paydo,
    Urinmagin undan meni etishga judo.
    U bor joylarda sen hech bo`lmagin paydo,
    Urinmagin undan etishga judo.

    Meniki-niki-nikidir faqat,
    Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
    Baribir men senga bildirmayman uni,
    U meni sevadi, unutmagin buni.

    Meniki-niki-nikidir faqat,
    Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
    Agar sen mening sevgim o`z holiga qo`ysang,
    Ishongin, topasan muhabbating albat.

    Men bilaman, uni chin dildan sevmaysan,
    Sen menchalik uni deb yonib kuymaysan,
    Etma xor, o`zingni hecham etma xor.
    Vaqtida qayt, unutma qora ahdingni,
    Agar kutsang, topasan asl baxtingni,
    Sen ishon, mening so`zlarimga ishon.

    U bor joylarda sen hech bo`lmagin paydo,
    Urinmagin undan meni etishga judo.
    U bor joylarda sen hech bo`lmagin paydo,
    Urinmagin undan etishga judo.

    Meniki-niki-nikidir faqat,
    Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
    Baribir men senga bildirmayman uni,
    U meni sevadi, unutmagin buni.

    Meniki-niki-nikidir faqat,
    Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
    Agar sen mening sevgim o`z holiga qo`ysang,
    Ishongin, topasan muhabbating albat.

    U bor joylarda sen hech bo`lmagin paydo,
    Urinmagin undan meni etishga judo.
    U bor joylarda sen hech bo`lmagin paydo,
    Urinmagin undan etishga judo.

    Meniki-niki-nikidir faqat,
    Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
    Baribir men senga bildirmayman uni,
    U meni sevadi, unutmagin buni.

    Meniki-niki-nikidir faqat,
    Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
    Agar sen mening sevgim o`z holiga qo`ysang,
    Ishongin, topasan muhabbating albat.