Sardor Rahimxon - Assalom Navro'z

Sardor Rahimxon

Assalom Navro’z

Ortda qolib yana bir dovon,
Hayotimiz etadi davom.
Olamdagi borliq, tirik jon
Bir-biriga beradi salom.

Sog`inchlarda edik intizor,
Nasib etdi, shukurki diydor.
Omonlikda ko`rishdik yana,
Muborak bo`lsin bugun bahor.

Assalom Navro`zim, assalom,
Dillar aytadi xush kalom.
Sog`inchli orzular bag`rida
Go`zal hayot, assalom.

Unutaylik bor bo`lsa gumon,
Shodon o`tsin har lahza, har on.
Ushalib sof niyat, orzular,
Yuraklarda qolmasin armon.

Sog`inchlarda edik intizor,
Nasib etdi, shukurki diydor.
Omonlikda ko`rishdik yana,
Muborak bo`lsin bugun bahor.

Assalom Navro`zim, assalom,
Dillar aytadi xush kalom.
Sog`inchli orzular bag`rida
Go`zal hayot, assalom. (x1+x1)

Sog`inchli orzular bag`rida
Go`zal hayot, assalom.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Assalom Navro’z
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 14, 2016