• Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Bedoringman qo'shiq matni, lyrics

    Sarvar va Komil

    Bedoringman

    Tunu kun bo’ldim man behol,
    Visoling dardida bemor.
    Kun beqaror, tunim bedor,
    Vaslingga zor.

    Uchratgandan seni xayolimda takrorsan,
    Asir aylab yuragimda shirin ozorsan.
    Shirin ozorimsan, qalbimda borimsan,
    Yuragimdasan.

    Sensiz aslo hayotimda mazmun ko’rinmas,
    Hayotimda yana quvonch sira sezilmas.
    Dono so’zlaringdan, qaro ko’zlaringdan
    Meni ayirma.

    Hasratlar ortidan betinim qaytar sog’inchlar,
    Yuragimda o’chirib bo’lmas sevgim to’la olovlar.
    Sensiz yo’q ammo, yo’q ammo, yo’q ammo
    Shirin xayollar.

    Bedoringman, bedoringman,
    Tunlari tinmay, tinmay yor.
    Shirin sevgingga aylayabsan
    Yoki ataylab intizor.

    Bedoringman, bedoringman,
    Yolg’iz seni qo’msar yurak.
    Nega yana xayollarim
    Yolg’iz seni izlar yana?

    Qo’lim cho’zsam yuragingga aslo yetolmas,
    Shirin kulishlaring xayollarimdan ketmas.
    Sensiz hayotim ham, sensizlikka hech ham
    Yurak ko’nolmas.

    Xayol ichra qolgan afsuningman, bemorman,
    Hasrat ila yongan yolg’iz tunlar bedoringman.
    Qaro ko’zingga xumorman,
    Vaslingga zorman.

    Bedor etma yor,
    Sen bedor etma zor,
    Tunlari tinmay, tinmay yor.
    Shirin sevgingga aylayabsanmi
    Yoki ataylab intizor?

    Bedoringman, bedoringman,
    Tunlari tinmay, tinmay yor.
    Shirin sevgingga aylayabsan
    Yoki ataylab intizor.

    Bedoringman, bedoringman,
    Yolg’iz seni qo’msar yurak.
    Nega yana xayollarim
    Yolg’iz seni izlar yana?

    Bedor etma yor,
    Sen bedor etma zor,
    Tunlari tinmay, tinmay yor.