Osmonim ham, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borlig’im ham, vujudim ham,
Ulug’imsan sen o’zingsan Vatan.

Shodligim ham, quvonchim ham,
Kelajagi buyugim ham,
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.

Vujudimda titragan jon Vatan,
Tomirimda jo’sh urgan qon Vatan,
To tirikmiz faxrlanib yashaymiz,
Sen uchun, sen uchun jon fido Vatan.

Biz uchundir bu yeru bu osmon,
Biz uchundir, biz uchun bu Vatan,
Biz uchundir bu ishonch, bu imkon,
Birlashaylik, bir bo’laylik Vatan.

Mening Vatanim, buyuk O’zbekistonim,
Jonim sen uchun qurbon, senga aylayin fido.
Ayt, seni qanday maqtayin, aytayin,
Ta’rifing cheksiz, to abad kuylayin.

Bizga poydevor shunday yurtboshimiz bor,
Ushbu kunlarning qadriga yetaylik.
Abadiy voris bo’lib bobomizga xos,
Yurtimiz bayrog’ini baland tutaylik…

Osmonimsan, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borlig’im ham, vujudim ham,
Ulug’im, ulug’im, ulugimsan.

Shodligim ham, quvonchim ham,
Kelajagi buyugim ham,
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.

Tarixingdir ming yillar izg’irin o’tgan tunlar,
G’ururin baland tutib, sinmagan xalqim.
Tuni notinch o’tsa ham, bag’rin o’tga tutsa ham,
Qaddini tik tutib, dardin ichga yutib,
Buyuklikka intilgan xalqim.

Bariga bardosh o’zing,
Abadiy o’chmas noming,
Yuragi olov har bir farzanding
Sen uchun tik turar, Vatanim.

Osmonim ham, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borligim ham, vujudim ham,
Ulug’im, ulug’im, ulugimsan.

Shodligim ham, quvonchim ham, (quvonchim ham)
Kelajagi buyugim ham, (buyugim ham)
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.

Vujudimda titragan jon Vatan,
Tomirimda jo’sh urgan qon Vatan,
To tirikmiz faxrlanib yashaymiz,
Sen uchun, sen uchun biz fido Vatan.

Biz uchundir bu yeru bu osmon,
Biz uchundir, biz uchun bu Vatan,
Biz uchundir bu ishonch, bu imkon,
Birlashaylik, bir bo’laylik Vatan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatanim
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 25, 2015