• Dunyo bir yon, o`zingiz bir yon dedim,
    Yo`lingizda yuzlarim giryon dedim. (x2)
    Har kun kelib-ketib yurgan og`amiz,
    Kim biladi, kimlara armon dedim. (x2)

    Na desangiz, yo`q demadim, jon dedim,
    Jon ustina jonim, og`ajon, dedim. (x2)

    Mehringizni biza ravo ko`rasiz,
    Yo`lingizni ko`chamiza burasiz, (x2)
    Na ketibdi, xabarlashib tursangiz,
    Ko`rinmay qolsangiz dim yomon dedim. (x2)

    Na desangiz, yo`q demadim, jon dedim,
    Jon ustina jonim, og`ajon, dedim. (x2)

    Surishtirib yurish-turishlarimni,
    Ko`paytirmang, jonim, tashvishlarimni, (x2)
    Rashk etsangiz, chimirib qoshlarimni,
    Bo`lavermang buncha badgumon dedim. (x2)

    Na desangiz, yo`q demadim, jon dedim,
    Jon ustina jonim, og`ajon, dedim. (x2)

    Sira sizni o`ylamagan bir dam yo`q,
    Bilsangiz ham, bilmasangiz – ginam yo`q, (x2)
    Ergash degan oshiqlardan ta’nam yo`q,
    Baribir sizniki bo`laman dedim. (x2)

    Na desangiz, yo`q demadim, jon dedim,
    Jon ustina jonim, og`ajon, dedim. (x2)

    Jon ustina jonim, og`ajon, dedim…