Shahzod Murodov - Yaxshi singlim qo'shiq matni, lyrics

Shahzod Murodov

Yaxshi singlim

Bugun ajib hisga to`lar ko`nglim mani,
Gohi yig`lab, gohi kular ko`nglim mani. (x2)
Hovlimizda yoru-do`stlar, qadrdonlar,
To`y bo`lmoqda – kelin bo`lar singlim mani. (x2)

Jon singlim, jon singlim,
Onamday bo`l, baxt senga yor, jon singlim.
Jon singlim, jon singlim,
Duogo`yim, mehribonim, bor singlim.

Baxt tilaydi yaqinlaring, qarindoshlar,
Yuzlarida tabassum-u ko`zda yoshlar.
Ota-onam duo bilan to`yni boshlar,
To`y bo`lmoqda – kelin bo`lar singlim mani.

Ota-onam duo bilan to`yni boshlar,
To`y bo`lmoqda – kelin bo`lar singlim mani.

Jon singlim, jon singlim,
Onamday bo`l, baxt senga yor, jon singlim.
Jon singlim, jon singlim,
Duogo`yim, mehribonim, bor singlim.

Sen otamga hamon o`sha erkatoysan,
Onam kabi shirinso`zsan, yoqimtoysan. (x2)
Bugun go`zal malikasan, bugun oysan,
To`y bo`lmoqda – kelin bo`lar singlim mani. (x2)

Jon singlim, jon singlim,
Onamday bo`l, baxt senga yor, jon singlim.
Jon singlim, jon singlim,
Duogo`yim, mehribonim, bor singlim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yaxshi singlim
Xonanda:
Shahzod Murodov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2017