• Seni o`ylab, tunlar o`tar bedor,
    Seni ko`rsam, dilda yana bahor.
    Seni topgan edim ertagimda,
    Seni asray endi yuragimda.

    Men bilaman, kelasan sen bir kun,
    Quyoshni, oyni olib men uchun.

    Azizim, kelasan jonim, sen meni izlab,
    Yolg`izim, kelasan shirin vaslimni ko`zlab.
    Kutaman men seni bor dunyoni unutib,
    Yuragimni senga gul kabi tutib.

    Sening ishqing yonar jonginamda,
    Seni ko`rgim kelar yonginamda.
    Seni faqat sevdim xayolimda,
    Seni tanho, derdim hayotimda.

    Men bilaman, kelasan sen bir kun,
    Meni baxt tomon olib ketmoq uchun.

    Azizim, kelasan jonim, sen meni izlab,
    Yolg`izim, kelasan shirin vaslimni ko`zlab.
    Kutaman men seni bor dunyoni unutib,
    Yuragimni senga gul kabi tutib.

    Seni… seni…

    Azizim, kelasan jonim, sen meni izlab,
    Yolg`izim, kelasan shirin vaslimni ko`zlab.
    Kutaman men seni bor dunyoni unutib,
    Yuragimni senga gul kabi tutib.

    Seni…