• Nima qildim mendan yuzing o`girding?
    Xudo haqqi, yor, bir nafas beri kel,
    Sevgim haqqi, yor, bir nafas beri kel.

    Yuzingdan ol zarrin harir pardani,
    Yuzingdan ol nozik zarrin pardani,
    Chilvir sochlaringni ko`rsat beri kel.

    Ko`zlaring jalloddir, kipriging olmos,
    Senga aytar gaplarim bor quloq os,
    Axir sendan shuni qildim iltimos,
    Dilim o`zga noz istamas beri kel.

    Bu qanday odatdir, qanday arkondir,
    Bu qanday odatdir, qanday makondir.
    Demaysan faloniy bizning mehmondir,
    Vohid o`z qulingdir, senga qurbondir,
    Ey bevafo, qadr bilmas, beri kel.