• Sherali Jo'rayev - Hay-hay sanam

    Sherali Jo'rayev

    Hay-hay sanam

    Hay-hay sanam, hoy sanam,
    Oshig`ingdurman manam, (x2)
    Qaramasang na bo`lg`ay,
    Qarashing jonga malham.
    Qarab qo`ysang na bo`lg`ay,
    Qarashing jonga malham.

    Oshiqlaring hayrona,
    Ishqingda yona-yona, (x2)
    Qarab qo`ysang na bo`lg`ay,
    Na bo`ldi deb devona.
    Qaramaysan bu yona,
    Na bo`ldi deb devona.

    Hay-hay sanam, hoy sanam,
    Oshig`ingdurman manam, (x2)
    Qarab qo`ysang na bo`lg`ay,
    Qarashing jonga malham.

    Ixtiyor ketdi tandan,
    Ko`zlar ham san tomonda,
    Harir o`ralgan, ey voh,
    Nozik belu badanda.

    Harir o`ralgan, ey voh,
    Nozik belu badanda.

    Hay-hay sanam, hoy sanam,
    Oshig`ingdurman manam, (x2)
    Qarab qo`ysang na bo`lg`ay,
    Qarashing jonga malham. (x2)