• Ey sarbon, ohista yur,
    Oromi jonim boradur.
    Tandan dilu jonim olib,
    Ul dilistonim boradur.

    Qolurmu men olis bo’lib,
    Bechora-yu ma’yus bo’lib,
    Qalbim firoq tig’i tilib
    To ustixonim boradur.
    Ey sarbon, ohista yur,
    Oromi jonim boradur.

    Sarkash nigorimdan judo,
    Ayshu qarorim bebaqo,
    Manqalda otashdek qaro,
    O’t birla qonim boradur.

    Cheksamda zulmni dodini,
    Ham va’dalar barbodini,
    Ko’ksimda tutgum yodini
    Toki zabonim boradur.
    Ey sarbon, ohista yur,
    Oromi jonim boradur.

    To’xtat biroz, ey sarbon,
    Karvonni qilma tez chunon, (x2)
    Sarviravon ishqida jon
    Tandan iymonim boradur.

    Qayt, ko’zlarimga qo’y oyoq,
    Ey, dil piri, ketma yiroq,
    Ey nozanin, ko’kka bu choq
    Ohu fig’onim boradur.
    Ey sarbon, ohista yur,
    Oromi jonim boradur.

    Qilma fig’on, ey Sa’diyo,
    Hech arzimas ul bevafo, (x2)
    Toqatni qo’ymas bu jafo
    Aqlu iymonim boradur.
    Ey sarbon, ohista yur,
    Oromi jonim boradur.