Sherali Jo'rayev - Uch balodan asrasin

Sherali Jo'rayev

Uch balodan asrasin

Uch balodan asrasin, charxi balokash bo`lmasin, {x2}
Do`st mehrsiz, dardsiz ulfat, yor jafokash bo`lmasin. {x2}

Dil agar payvand erursa, ne jafo chekmak firoq, {x2}
Hech ko`ngil sevgan ko`ngil yonida yakkash bo`lmasin.

Uch balodan asrasin, charxi balokash bo`lmasin,
Do`st mehrsiz, dardsiz ulfat, yor jafokash bo`lmasin. {x2}

Qirqta jonim bo`lsa har bir kokilingga bir pilik, {x2}
Tolasiga o`zgalarning ko`ngli chirmash bo`lmasin.

Men yonib qalbimni tutdim senga kaft uzra qo`yib,
Ol uni ushlab va lekin o`tga tashlash bo`lmasin. {x2}

Yorni oftob deding Erkin, kuymagil hijronida,
Oftob goh berkinur, undan diling g`ash bo`lmasin. {x2}

Uch balodan asrasin, charxi balokash bo`lmasin,
Do`st mehrsiz, dardsiz ulfat, yor jafokash bo`lmasin.

Yor jafokash bo`lmasin…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uch balodan asrasin
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2016