• Sherzodbek - Yor-yor

    Sherzod Bek

    Yor-yor

    Ko`zlarim yo`lingda giryonadir, yor-yor,
    Izlaring ko`chamga begonadir, yor-yor. (x2)
    Tunu kunlar o`ylarman bedor bo`lib, yor-yor,
    Butun jahon ahliga afsonaman, yor-yor. (x2)

    Yor-yorey, yor-yorey, afsonaman, yor-yor,
    Yor-yorey, yor-yorey, afsonaman, yor-yor.

    Hijron azobu dardi bag`rim ezar, yor-yor,
    Armonlar shamoli yurak ezar, yor-yor.
    Ostonamga salom ila kelsang qani, yor-yor,
    Yigit nomusi-ori yo`lim to`sar, yor-yor.

    Yor-yorey, yor-yorey, yo`lim to`sar, yor-yor,
    Yor-yorey, yor-yorey, yo`lim to`sar, yor-yor.

    To`y oqshomi xonadonda aytiladi “Yor-yor”,
    Shum yangalar olib ketib, to`y qiladi, yor-yor.
    Bir bor kelib, holimni so`rsa edi, yor-yor,
    Hatto bahorlar qishday seziladi, yor-yor.

    Yor-yorey, yor-yorey, seziladi, yor-yor,
    Yor-yorey, yor-yorey, seziladi, yor-yor.

    Ko`zlarim yo`lingda parvonadir, yor-yor,
    Izlaring ko`chamga begonadir, yor-yor.