Sardor Mamadaliyev - Tishing dur qo'shiq matni, lyrics

Sardor Mamadaliyev

Tishing dur

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzing xur, soching anbar, so`zing mul, menging meynon.
Meynon menging, so`zing mul, anbar soching, yuzing xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafakkur necha qilsam, topilmas sening misling,
Paridek seni ko`rdim, emassen magar inson.
Inson magar emassen, ko`rdim seni paridek,
Misling sening topilmas, qilsam necha tafakkur.

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzing xur, soching anbar, so`zing mul, menging meynon.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manga davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur, nazar qil anga bir bor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, bir jon.
Ey jon, sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzing xur, soching anbar, so`zing mul, menging meynon.
Meynon menging, so`zing mul, anbar soching, yuzing xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tishing dur
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2019