Shod guruhi - Nozli yorim

Shod guruhi

Nozli yorim

Sen kelmagin, deganingda qayrilib,
Nahotki, sevishim turmaydi sezilib?
Allaqachon yuragimga o’yilib,
Yozilgan bu isming bo’lmaydi o’chirib.

Sen bilan go’zal hayotda bu umrim,
Doim yonimda bo’lmasang, bu o’lim.
Tanamdagi jonsan, ko’nglimdagi zorsan,
Borgan sari meni qiynayotgan armonimsan.

Nozli yorim, hayotim davomi
Sening javobingga bog’liq. (x2)

Kun bermaydi yuragimdagi ishqim,
Alam zo’r ayb tosh otadi jonimga.
So’z bermaydi ishonaman deb qalbing,
Yana qancha takror aytay ko’zlaringga?

Sen bilan go’zal hayotda bu umrim,
Doim yonimda bo’lmasang, bu o’lim.
Tanamdagi jonsan, ko’nglimdagi zorsan,
Borgan sari meni qiynayotgan armonimsan.

Nozli yorim, hayotim davomi
Sening javobingga bog’liq. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozli yorim
Xonanda:
Shod guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 21, 2015