• Shohjahon Jo'rayev - Yor 16 yosh edi

    Shohjahon Jo'raev

    Yor 16 yosh edi

    Ilk bor mehrim tushganda,
    Hushim boshdan uchganda, (x2)
    Yoddan chiqmas, o`shanda

    Tengsiz qalamqosh edi,
    Yor o`n olti yosh edi. (x2)

    Har kun yo`lin kutardim,
    Xayolan gul tutardim, (x2)
    Ko`rmasam g`am yutardim,
    Oy bilan sirdosh edi,
    Yor o`n olti yosh edi. {x2}

    Bizdan baxtli u damda ham
    Yo`q edi keng olamda, (x2)
    Hatto tun-u kechamda,
    Hamrohim quyosh edi,
    Yor o`n olti yosh edi. {x2}

    Ishqim izhor etay deb,
    Visoliga yetay deb, (x2)
    Birga olib ketay deb,
    Borsam ko`zi yosh edi,
    Yor o`n olti yosh edi. {x2}

    Yorni yotga uzatdim,
    Ko`zlarim jim kuzatdim, (x2)
    Ammo dilim muzladi,
    Eh, u juda yosh edi,
    Yor o`n olti yosh edi.

    Tengsiz qalamqosh edi,
    Yor o`n olti yosh edi.
    Eh, u juda yosh edi…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.