• Shohruhxon - Majnun

    Shohruhxon

    Majnun

    (Bu soz — men bilan bir tan, bir jon.
    Bu kuy — yuragimning otash o`tidan.
    Har nafasga bir qilib, marjon kabi tizib qo`yilgan.
    Azizlarim meni ayirmang undan.)

    Oshiq bo`ldim o`zingga, ko`rmay o`lsam, netaman?
    Boyaziddek o`zimni kunda yuz, ming sotarman,
    Munkar Nakir kelganda, lahad ichra yotarman.

    Ko`rsat yuzing, o`larman, manda toqat qolmadi,
    Mehribonim qaydasan, jonda rohat qolmadi?
    Chekdim jafoni, dod-ey, tanda holat qolmadi,
    Kezdim dashtu biyobon, dilda hasrat qolmadi.

    G`amza qilib qoshimga kel, sanga qilay jonni fido,
    Kuydi yurak ishq o`tida, oh, netayin, bo`ldim ado?
    Bo`ldi bu Majnuning xarob, Layli g`amingda tinmadim,
    To`ldi yurakga hasrating, kuydiyu bo`ldi mubtalo.

    Ko`rsat yuzing, o`larman, manda toqat qolmadi,
    Mehribonim qaydasan, jonda rohat qolmadi?
    Chekdim jafoni, dod-ey, tanda holat qolmadi,
    Kezdim dashtu biyobon, dilda hasrat qolmadi.

    Mashrabi beqarori ishq, topsa sani so`roqlashib,
    Qo`ysa boshim uzog`iga, hosil bo`lurmu muddao?

    Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.