Shohruhxon - Nigorim

Shohruhxon

Nigorim

Qo’shiqlarim havolandi yor uchun,
Tongda turib, gul terdim dildor uchun.
Baxt istadim, unda ko’nglim bor uchun,
O nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Sen uchun jonimni beraman,
Sen uchun, faqat sen uchun.
Nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Orzu qildim, oy chehrasi mohimni,
U payqamas yo istamas ohimni.
Unutolmam ishq ko’kida shohimni,
O nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Sen uchun jonimni beraman,
Sen uchun, faqat sen uchun.
Nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nigorim
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 11, 2014