• Shohruhxon - Yarim baxt

    Shohruhxon

    Yarim baxt

    Sen menga begona emassan,
    Men senga begona ekan,
    Dilimda hur yashar nafasim,
    Ishqingda yagona ekan.

    Bir yorug’ kun menga mehringning
    Shu’lasin bandu band bog’lading,
    Yo’limni yo’qotib sehringning
    Mavjida darbadar aylading.

    Yarim baxt, yarim dard,
    Men esa xayolga do’stman,
    Sen menga begona emas,
    Men senga begonaman. (x2)

    Bu boshim ne kunni ko’rmadi,
    Ketishim so’raysan samimiy,
    Ko’zlarim shunchalar ko’rmidi,
    Men senga qaytishim tabiiy.

    Ketasan cho’g’ qolar bu tanda,
    Kelarsan aslingdanoq yiroq,
    Ko’zlaring kuzatar qadamda,
    So’zlaring chorlagan qo’ng’iroq.

    Yarim baxt, yarim dard,
    Men esa xayolga do’stman,
    Sen menga begona emas,
    Men senga begonaman. (x4)