Shuhrat Qayumov - Yolg'iz ayol

Shuhrat Qayumov

Yolg’iz ayol

Derazangni chertganida yomg`iru shamol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?
Uzun tunlar qiynaganda cheki yo`q xayol,
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?!

Qizarganda shaftolining oq g`unchalari,
Bog`chalarda sarg`ayganda kuz chechaklari,
Kuz shomlari, yoz tunlari, qish kechalari
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?

Ayol, ayol, ayol, yolg`iz ayol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?
Ayol, ayol, ayol, yolg`iz ayol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?

Derazangni chertganida yomg`iru shamol,
Og`ushiga olganida cheki yo`q xayol,
Sochlaringdan sirg`alarkan qirmizi ro`mol,
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?

Qizarganda shaftolining oq g`unchalari,
Bog`chalarda sarg`ayganda kuz chechaklari,
Kuz shomlari, yoz tunlari, qish kechalari
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?

Ayol, ayol, ayol, yolg`iz ayol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?
Ayol, ayol, ayol, yolg`iz ayol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?

Yodlaringga olurmisan sirli damlarni,
Yodlaringga olurmisan shirin g`amlarni?
Yoqib qo`yib tun qo`ynida yoki shamlarni
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?

Qizarganda shaftolining oq g`unchalari,
Bog`chalarda sarg`ayganda kuz chechaklari,
Kuz shomlari, yoz tunlari, qish kechalari
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?

Ayol, ayol, ayol, yolg`iz ayol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol?
Ayol, ayol, ayol, yolg`iz ayol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg`iz ayol? (x1+x2)

To`kilganda dardim kabi bargu xazonlar,
Ko`z oldingni to`sganida qora to`zonlar,
Sog`inchingni yashirolmay subhi azonlar,
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’iz ayol
Xonanda:
Shuhrat Qayumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 25, 2016