• [Saida]
    Ayt, oqqan suvlar
    Hech ortga qaytarmidi, ayt?
    [Shuhrat Vohidov]
    Ayt, singan ko’za yana
    Asliga qaytarmi, ayt?
    Men senga ishongandim,
    [Saida]
    Aldading, alvido!

    [Saida]
    Yuzim shamol o’pmagan,
    G’uncha gulday edim.
    [Shuhrat Vohidov]
    Hatto o’zim bilmadim,
    Seni qalbdan sevardim.
    [Saida]
    Bokira beg’uborligim
    Olib ketding sen, alvido.

    [Shuhrat Vohidov]
    Kerakmas menga bu hayot,
    Kerakmas muhabbat.
    [Saida]
    Aldanib yashash og’ir menga,
    [Shuhrat Vohidov]
    Sen bilmaysan buni.
    Bu yolg’on dunyoni
    [Saida]
    Qoldiraman senga.

    Kuzgi yaproq misoli
    Oyoqlar ostida,
    [Shuhrat Vohidov]
    Sovuq shamollardan,
    Toshlar muzlaganda
    [Saida]
    Aldanib qolganimdan
    Men yig’lamayman,
    Faqat ketaman, alvido.

    [Shuhrat Vohidov va Saida]
    Alvido…

    [Shuhrat Vohidov]
    Kerakmas menga yolg’on,
    Yo’q, yo’q, yo’q, yo’q
    [Saida]
    Kerakmas va’dalaring.
    [Shuhrat Vohidov]
    Sevgimni barbod etding,
    [Saida]
    Xazon etding, vayron etding,
    [Shuhrat Vohidov va Saida]
    Yolg’on sevgi, alvido!