Malika Egamberdiyeva - Sizni so'rab qo'shiq matni, lyrics

Malika Egamberdiyeva

Sizni so’rab

Go`zalligim asli Momo Havodan,
Pok sevgingiz meros Odam Atodan. (x2)
Qalbim qulochlarin yoyib samoga, {x2}
Sizni so`rab-so`rab oldim Xudodan. {x2}

Yolvordim ko`p jon-jonimdan ezilib,
Ishqim turar yuz-ko`zimdan sezilib. (x2)
Yashay deya ham sevib, ham sevilib, {x2}
Sizni so`rab-so`rab oldim Xudodan. {x2}

Qaddi-bo`yim, bor savlatim o`zingiz,
Dunyo shartmas, bor davlatim o`zingiz. (x2)
Xudo bergan mukofotim o`zingiz, {x2}
Sizni so`rab-so`rab oldim Xudodan. {x2}

Go`zalligim asli Momo Havodan,
Pok sevgingiz meros Odam Atodan. (x2)
Qalbim qulochlarin yoyib samoga, {x2}
Sizni so`rab-so`rab oldim Xudodan. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sizni so’rab
Xonanda:
Malika Egamberdiyeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2019