Tohir Mahkamov - Chiroyli qiz

Tohir Mahkamov

Chiroyli qiz

Chiroyli qiz, go`zal qiz,
Goh sho`x, gohi g`amli qiz, (x2)
Umr oqar suvdir, qiz,
Qaymas imkon muborak. (x2)

Qaro ko`zim, yosh ko`zim,
Egildi-ku, bosh ko`zim, (x2)
Nechun jimsan, tosh ko`zim,
Jon o`rtar on muborak. (x2)

Dunyo, dunyo, gul dunyo,
Bir kam dunyo, tul dunyo,
Bu na cho`g`, na kul dunyo,
Mendek qurbon muborak. (x2)

Chiroyli qiz, go`zal qiz,
Nigohlari g`azal qiz, (x2)
Muhabbat yo`q azal, qiz,
Go`zal armon muborak. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chiroyli qiz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2016