Tohir Mahkamov - Kechir yorim sevishimni aytolmadim

Tohir Mahkamov

Kechir yorim

Sovchi kelar bugun, yorim, ostonangga,
Bilmam kimlar yozilgankim, peshonangga,
Achchiq so`zlar aytmagin sen onangga,
Kechir yorim, sevishimni aytolmadim.

Bugun seni endi rosa xo`rlaydilar,
Suymaganga yor bo`l, deya zo`rlaydilar,
Yor bo`lmasang, seni tinch ham qo`ymaydilar,
Kechir yorim, sevishimni aytolmadim.

Bir niyatim – oq libosda ko`rish edi,
Sening bilan shirin hayot qurish edi,
Taqdir ekan, niyatimga yetolmadim,
Kechir yorim, sevishimni aytolmadim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir yorim
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2016