Tohir Mahkamov - Ko'rolmaslar bor

Tohir Mahkamov

Ko’rolmaslar bor

Hamdard dilingizdan ne o`tdi, sezdim,
Mehr istab men ham dunyoni kezdim. (x2)
Mehnatdan bezmadim, minnatdan bezdim,
Mendek g`aribni ham ko`rolmaslar bor. (x2)

Omadi kulmagan mushtdek bolaman,
Biroq man don tegmas qushdek bolaman.
Odamman, odamga hayron qolaman,
Mendek g`aribni ham ko`rolmaslar bor.

Yig`lamay yig`ladim, kulgan joyim yo`q,
Do`stdan o`zgasidan kuygan joyim yo`q. (x2)
Arpasin xom o`rib qo`ygan joyim yo`q,
Mendek g`aribni ham ko`rolmaslar bor. (x2)

Omadi kulmagan mushtdek bolaman,
Biroq man don tegmas qushdek bolaman.
Odamman, odamga hayron qolaman,
Mendek g`aribni ham ko`rolmaslar bor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rolmaslar bor
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 3, 2016