• Tohir Sodiqov - Bo'ldi xato

    Tohir Sodiqov

    Bo’ldi xato

    Erishib bo`lmaydigan baxtga, orzuga
    Yetisholmay qiynalar qalbing, yuraging.
    Ishonib bo`lmaydigan senday bir qizga
    Qanday men yo`liqdim, xafaman taqdirdan.

    Axir bor ediku, yo`q emasdi-ku
    Meni chindan sevgan o`zga bir qizaloq.
    O`z-o`zimga savol, o`z-o`zimdan javob
    Qidirarman, najot istayman endi man.

    Bo`ldi xato, katta xato,
    Yo`qdir davo, dardimga davo.

    Qani endi bilmasam edi men seni,
    Hozir mendan baxtliroq inson bo`lmasdi.
    Ayirding meni, judo qilding borimdan,
    Qanday seni sevdim, xafaman o`zimdan.

    Yolg`izlik qiynaydi, hech kim yo`qlamaydi,
    Hatto eslab do`sting ham qilmas qo`ng`iroq.
    O`z-o`zingga savol, o`z-o`zingdan javob
    Qidirarsan, najot istaysan, izlaysan.

    Bo`ldi xato, katta xato,
    Yo`qdir davo, dardimga davo. (x1+x2)

    Bo`ldi xato, katta xato…