• Tojibar Azizova – Ko'nglim

    Tojibar Azizova

    Ko’nglim

    Ko`nglim qoldirib ketma,
    Ko`zim toldirib ketma. (x2)
    Azizim, yuragimga
    Darding qoldirib ketma. (x2)

    Ko`nglim qoldirib ketma,
    Ko`zim toldirib ketma,
    Ko`nglim qoldirib ketma-yey.

    Yor, yo`lingda ne zamon
    Tog` misol yotar armon.
    Hijroning olov bo`lib,
    Kuydiradur beomon. (x2)

    Ko`nglim qoldirib ketma,
    Ko`zim toldirib ketma. (x2)

    Tog`lar titrar ohimdan,
    Bo`lsa, kech gunohimdan. (x2)
    Ziyo olgin ko`ksingga
    Quyoshdek nigohimdan. (x2)

    Ko`nglim qoldirib ketma,
    Ko`zim toldirib ketma. (x2)

    Yo`ldoshim bo`lib qol yor,
    Hamrohim bo`l.
    Umrning to`rt faslida
    Bahorim bo`l. (x2)

    Ko`nglim qoldirib ketma,
    Ko`zim toldirib ketma. (x2)

    Ko`zim toldirib ketma…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.