• Oy, sendan iltimos – yo`llarin yorit,
    Yarim kecha uyga qaytyapti erkak.
    O`zin ovutishga xasta ovozda
    Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak. (x2)

    Sevganiga gullar olib berolmay,
    Qadoq qo`llarini urar devorga.
    Cho`ntagiga puldan solib qo`y, hayot,
    U qiz tegmasidan boshqa birovga.

    Cho`ntagiga puldan solib qo`y, hayot,
    U qiz tegmasidan boshqa birovga.

    Oy, sendan iltimos – yo`llarin yorit,
    Yarim kecha uyga qaytyapti erkak.
    O`zin ovutishga xasta ovozda
    Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak.

    Yomg`ir bo`lsa nima, qor bo`lsa nima?
    Kasal bo`lsa nima, sog` bo`lsa nima? (x2)
    Uyiga issiq non kirishi kerak,
    Chala qolgan uyi bitishi kerak. (x2)

    Oy, sendan iltimos – yo`llarin yorit,
    Yarim kecha uyga qaytyapti erkak.
    O`zin ovutishga xasta ovozda
    Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak.

    Bag`ringga ol uni, ey kimsasiz bog`,
    Uyidan haydaldi, sen ham haydama.
    Hech kimga aytmadi shu holini ham,
    Ertaga ketadi, sen ham indama.

    Hech kimga aytmadi shu holini ham,
    Ertaga ketadi, sen ham indama.

    Oy, sendan iltimos – yo`llarin yorit,
    Yarim kecha uyga qaytyapti erkak.
    O`zin ovutishga xasta ovozda
    Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.