Ulug'bek Otajonov - Labingda dona xoling

Ulug'bek Otajonov

Labingda dona xoling

Labingda dona xoling,
Bilmam kimda xayoling,
Yuragim asir etgan
To’lin oydek jamoling.

Bu olamda yagona
Chiroying, husni oling,
Labdagi dona xoling.

Ko’zing charosga o’xshar,
Kulging kulsang yarashar,
Yursang qadamlaringga
Bahor gullarin yoyar.

Husningga husn qo’shar
Ikki qoshu hiloling,
Labdagi dona xoling.

Dilda ajib tuyg’ular,
Shirin-shirin orzular,
Har insonning qalbiga
Sevgi bir bor berilar.

Har doimo men seni
Yonimda ko’rgim kelar,
Har insonning qalbiga
Sevgi bir bor berilar.

So’zsiz xayolim olur
Guldek qaddu niholing.

Labingda dona xoling,
Bilmam kimda xayoling,
Yuragim asir etgan
To’lin oydek jamoling.

Bu olamda yagona
Chiroying, husni oling,
Labdagi dona xoling.

Har doimo men seni
Yonimda ko’rgim kelar,
Har insonning qalbiga
Sevgi bir bor berilar.

So’zsiz xayolim olur
Guldek qaddu niholing.

Labingda dona xoling,
Bilmam kimda xayoling,
Yuragim asir etgan
To’lin oydek jamoling.

Bu olamda yagona
Chiroying, husni oling,
Labdagi dona xoling.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Labingda dona xoling
Xonanda:
Ulug'bek Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 24, 2015