• [Bojalar guruhi]
    Bog`im boru, bog`im bor-ey,
    Baland-baland tog`im bor-ey.
    Bog`da anorim bor-ey,
    Tog`da gullola bor.

    Dumalab-dumalab tog`dan man,
    Yumalab-yumalab bog`dan man,
    “Завертелся”, “закружился”,
    “Пока-покатился” tog`dan man.

    [Zoda]
    Yorim boru, yorim bor,
    Ko`zlari xumorim bor.
    Mani sevadi jondan,
    Yana ne armonim bor?

    [Ulug`bek Rahmatullayev va Zoda]
    Yumalab-yumalab aytoman,
    Yumalab ketsa qaytoman, (x2)
    Yurakdagi dardimni
    Yorginamga aytoman. (x2)

    [Bojalar guruhi]
    Yor, saning ishqing bilan,
    Yor, ishqing bilan
    Bu tog`u-toshlarda
    Girifton bo`ldim-ey.

    (Yumalab-yumalab… (x2))

    [Ulug`bek Rahmatullayev]
    Yor yaxshiyu, yor yaxshi,
    Yoru vafodor yaxshi.
    Yor kuyini kuylashga
    Jaranglagan tor yaxshi.

    [Zoda]
    Bu ochilgan bog`imiz,
    Yashnagan har yog`imiz.
    Bahor yuragimizda,
    Yo`qdir dilda dog`imiz.

    [Ulug`bek Rahmatullayev va Zoda]
    Yumalab-yumalab aytoman,
    Yumalab ketsa qaytoman, (x2)
    Yurakdagi dardimni
    Yorginamga aytoman. (x2)

    [Zoda]
    Ming tasadduq, o`zginam,
    Shirin-shakar so`zginam.

    [Ulug`bek Rahmatullayev]
    Ulug`bek oshiq senga,
    Sening shahlo ko`zingga.

    [Ulug`bek Rahmatullayev va Zoda]
    Yumalab-yumalab aytoman,
    Yumalab ketsa qaytoman, (x2)
    Yurakdagi dardimni
    Yorginamga aytoman. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.