• Ummon guruhi - Azob

    Ummon

    Azob

    Gapirma jim, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
    Yo’limdan qoch, hammasidan to’yib ketdim.
    Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
    Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab.

    Ketarman, lekin nimadir mani ortimga tortar,
    Lek ishonaman, bir kun yurak uni unutar.
    Hayotda xatoyim bo’ldi man sani uchratganim,
    Undanam battari bo’ldi sani sevib qolganim.

    Lekin to’lib qolgan sabr kosam,
    Ketaman izlab yordam, yuragim to’xtab bo’lgan.
    Qo’llarim ko’ksimga qo’ysam – olsam,
    Qo’llarim qon, o’sha qonda ham sening visoling namoyon.

    Endi yuragim urmasa, kimga ham kerakman?
    Yuragim san bilan qoldi, sanga kerakmasman.
    O’zi kerak bo’lganmi bu dunyoda bir zum,
    A hech bo’lmasa, sog’inganmiding mani bir kun?

    Ko’zlarim xiralashdi, yuragim umuman yo’q,
    Astalab kun botardi, orqaga esa yo’l yo’q.
    Ko’chada qish kunlari, manga yomon sovuq,
    Shunda ham sani eslardim, sanga qizig’i yo’q!

    Sanga qizig’i bo’lmasa, kimga qizig’i bor,
    Axir sandan ortiq bu dunyoda mani kimim bor?
    San ham mendan voz kechding, endi menda hech yo’q,
    Mani uyqum keladi, lekin ko’chada sovuq.

    Agar xozir uxlasam, uyg’onmasligim tayin,
    Ko’karib ketdi lablarim chidayolmadim.
    Ko’zlarim yumildi, yaxlab qolgan kipriklarim,
    Bir-biriga ulandi, hammasi bugun tugadi.

    Ko’zlarim ochilganda qandaydir xonadonda yotardim bir o’zim,
    Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar.
    Lekin mehrga to’la ko’zlar, mani asrab qoldi 18 yoshli go’zal,
    Oradan o’tardi kunlar, lekin mani qiynardi hamon o’sha o’ylar.
    Hatto begona insonchalik bo’lolmading menga,
    Shu begona insonlar malham bo’ldi dardimga.

    18 yoshli qiz tuyg’usi mani uyg’otdi,
    Agar shu qiz bo’lmaganda borardim qayoqga?
    Mehribon ekan, qutqardi mani o’limdan,
    O’sha kuni baxt uchradi manzili yo’q yo’ldan.

    Astalab sekin unga tushdi ko’nglim,
    Unga berdim mehrim, lek yuragim berolmadim.
    Chunki o’sha ayanchli kun yurak qoldi senda,
    Azob-u uqubatdan ortiq ne qoldi menda?

    Lekin esingdan chiqarma – bir kun kelib boraman,
    Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
    Sani oshiqlaringdan endi mani kamim yo’q,
    Manda mashina bor, kiyim-kechaklarim ko’p.

    Axir senga yoqmasmidi kimda mashina bo’lsa,
    Kimda kiyimlari ko’p, har kuni almashtirsa?
    O’sha payt man netay, sharoitim bo’lmagan,
    Axir sen emasmiding mani shu ko’yga solgan?

    Bugun kun botib, sani oldingga boraman,
    Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
    Yaqinlashganim sari san tomonga
    Ich-ichimdan to’lib ketdim negadir hayajonga.

    Eshik oldida turib, ozgina shoshilmadim,
    Avval uying atrofiga nazarimni tashladim.
    Hammayoq isqirt edi, umuman qaralmagan,
    Bu yerda xalovat tugab, yovuzlik hukm surgan.

    O’ylanib qoldimda, so’ngra bosdim tugmani,
    U esa chiqib keldi, ko’zlarida yoshlari.
    Yoshini ko’rib, ichimdan suyunib ketdim,
    Axir mani ahvolimga u achinmagan edi.

    O’ylab ko’rsam manga u yurakning keragi yo’q,
    Manda boshqa yurak, manga o’sha yurak kerak.
    Sanda qolib ketganini esa o’zingga olib qo’y,
    Unga sandan boshqa hech kim sig’maydi bilib qo’y.

    Keyin chiqib ketdim, ortimni o’girib,
    U esa ortimdan chiqdi yalinib-yolvorib.
    Lekin sani kechirmayman bu dunyoda hech qachon,
    Axir sani sevganimda ketding mani o’ldirib.

    Gapirma jim, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
    Yo’limdan qoch, hammasidan to’yib ketdim.
    Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
    Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab. (x2)
    Gapirma, gapirma jim…