• Ummon guruhi - Bir umr

    Ummon

    Bir umr

    Bir umr sanga intilib yashadim,
    Qora ko’zlaringni deya yo’qotmay.
    Hech qachon xiyonat qilmadim,
    Go’yoki san manga qilmaydiganday.

    Lekin afsus, qora ko’zlarim
    Yo’llaringga termulib qoldi ma’yus.
    Esingdami, doim aytarding,
    Vafoli bo’ling, men vafoli bo’lmadim.

    Chunki vafoning o’zi bo’ldim,
    Shuning qadriga yetmading.
    Axir o’zing aytarding:
    Agarda ajralib ketsak qilib turing qo’ng’iroq.

    Axir sevgan inson sog’inganda qanchalar
    Topadi malham sevgani qilganda bir bor qo’ng’iroq.
    Lekin, biroq, sani kutdim, qilmading,
    Qilganimda esa javob bermading.

    Doim xizmat doirasidan tashqarida
    Menga aziz bo’lgan raqaming.
    Minglab xatlarimni o’qiding,
    Lek bir javob qaytarmading.
    Nahotki shumidi manga bo’lgan sof muhabbating?

    Yo’q, ishongim kelmas, nahotki men emas,
    Sen sevgan yor, nega meni qilding xor?
    Yuragim bemor, unda o’zga yor,
    Aldar hislar meni, o’sha kundan beri.

    Tinmay yig’laydi osmonlar, yig’laydi bulutlar,
    Yig’laydi bu qalbim, sog’ingancha dilim.
    Qiynaydi azoblar, o’sha shirin so’zlar
    Ketmaydi xayoldan, axir sevdim chindan.

    Jonim ayt, qani qilgan orzularimiz amali?
    Nimaga unutmadim sani, unutganingda san mani?
    Hanuzgacha yig’lab eslayman
    San bilan o’tgan damlarni, o’qib eski xatlarni.

    Hech qachon unutmayman sani so’nggi so’zlaring,
    Baxtli bo’ling deya, mandan yuz o’girganing.
    Axir bilar eding – baxtim o’zing eding,
    Yuragimdagi sog’inch, bor quvonch eding.

    Qani endi bugun yotib, ertaga uyg’onmasam,
    Tomchi yosh to’karmiding ishqingda nobud bo’lsam?
    Bilmasam, lekin sani alishmasdim dunyoga,
    Toki san mani alishguncha o’zga bir insonga.

    Bir umr sanga intilib yashadim,
    Qora ko’zlaringni deya yo’qotmay.
    Hech qachon xiyonat qilmadim,
    Go’yoki san manga qilmaydiganday.

    Lekin afsus, qora ko’zlarim
    Yo’llaringga termulib qoldi ma’yus…

    Ishongim kelmas, nahotki men emas,
    Sen sevgan yor, nega meni qilding xor?
    Yuragim bemor, unda o’zga yor,
    Aldar hislar meni, o’sha kundan beri.

    Yig’laydi osmonlar, yig’laydi bulutlar,
    Yig’laydi bu qalbim, sog’ingancha dilim.
    Qiynaydi azoblar, o’sha shirin so’zlar
    Ketmaydi xayoldan, axir sevdim chindan.

    Bilgin jonim, bergan va’dalaring qildiku ado,
    Tinmay yig’lar osmonlar ham – seni qaytmasingdan sado.
    Yurak bag’rim yig’lab qoldi ortingdan, ammo…

    Tinmay yig’laydi osmonlar, yig’laydi bulutlar,
    Yig’laydi bu qalbim, sog’ingancha dilim.
    Qiynaydi azoblar, o’sha shirin so’zlar
    Ketmaydi xayoldan, axir sevdim chindan.

    Bir umr sanga intilib yashadim,
    Qora ko’zlaringni deya yo’qotmay…