• Ummon guruhi - Unday aldama

    Ummon

    Unday aldama

    So`nggi bor to`yib olay vaslingga,
    Ortiq kelmayman yoningga,
    Qildim qaror, berdim so`z o`zimga,
    Bilaman, tegib ketganman joningga,
    Boraverib yoningga,
    Qiynalib ketdim o`zim ham, ishon menga.

    Oxir u baribir ketdi, ketdi,
    O`z yorim izlab ketdim, ketdim.
    Toparmikanman senday go`zal yor?
    Faqat u bo`lsin menga vafodor.

    Yoki u ham birday senday,
    Yuragimni nimtalab xanjarday.
    Jonim berar edim agarda,
    Sevganida senday aldamay.

    Unday aldama-aldama, {x3}
    Aldama-aldama, aldama-aldama,
    Hech qachon!
    Unday aldama-aldama, (san unday) {x3}
    Aldama-aldama, aldama-aldama,
    Hech qachon!

    Ketmoqdaman sekin tashlab qadam,
    Ayirmoqdaman sani undan tanam.
    Qarab-qarab qo`yarman ortimga,
    Qarab qo`yarmi deb, o`ylab u ham.

    Orzu-umidlarim bari ortda qoldi,
    Yuragimda nimadir o`chib qoldi.
    Sanga bo`lgan tuyg`ularimmi bu yo nima?
    Boshim borib urilgani bo`ldi qirra.

    To`xtab ortimga qaradim,
    Uchqunim so`nib bo`libdi butkul.
    O`sha yerlarda qolib ketdi baxtim,
    Qolib ketdi g`ayratim.

    Oy ham ko`rinmaydi shu tun,
    Yo`llarimda yoritguvchi yo`q.
    Kimdir sani sevsa, bir kun
    Uni aldama menday hech qachon!

    Unday aldama-aldama, {x3}
    Aldama-aldama, aldama-aldama,
    Hech qachon!
    Unday aldama-aldama, (san unday) {x3}
    Aldama-aldama, aldama-aldama,
    Hech qachon!