Yoningda otang bo`lsa, diydori g`animatdur, {x2}
Umring yo`lida sarbon, sardori g`animatdur.
Bosgan izini makka tuprog`i bila teng bil,
Solgan nazari birlan-ey guftori g`animatdur,
Yoningda otang bo`lsa-yey, diydori g`animatdur.

Qoshi-kiprigi birla, siypalab rivoj berdi,
Sochi, soqolin, qoshin har tori g`animatdur.
Yaxshi bo`l bolam, debon berganda ham ozorlar-ey,
Boldanda shirin bo`lgan-ey ozori g`animatdur,
Yoningda otang bo`lsa-yey, diydori g`animatdur.

Umrin sarf qilib senga, qomatini dol etsa,
Kamon qaddi-yu, boshida qori g`animatdur.
Har so`zini yuz takror etsa, ranjima o`g`lon,
Har so`zida yuz ma’no, takrori g`animatdur.

Otasiz uylar jim-jit, vohmali mozoratdur,
Goh shavqi, gohi suron bozori g`animatdur.

Sen otasi yo`qlardan bir so`rgin ota qadrin,
Derlarki: “Endi bizga mozori g`animatdur…” (x2)

Farmoni Xudo birla kelsa ayriliq oni,
So`ng izlab topolmassan-ey, chin bori g`animatdur.
Yoningda otang bo`lsa-yey, diydori g`animatdur,
Umring yo`lida sarbon, sardori g`animatdur.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota
Xonanda:
O'lmas Olloberganov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 22, 2018