Ummon guruhi - Yig'lamagin

Ummon

Yig’lamagin

Seni sevib o’tib ketdi yoshlik,
O’tib ketdi vaqt, faqat yig’ildi dard.
Bu yil hatto gullamadi biz ekkan daraxt,
Qara qolganlari turibdi gullab.
“Seni sevaman” dema, yolvoraman,
Bu so’zlarni ming bora tinglaganman,
Qanday seni kechiray, ayt?

Bilaman, endi ikkimizga ham bo’ladi og’ir,
Senga tilayman sabr, oq yo’l.
Senga yashil, men esa to’xtadim,
Yolg’onlaringdan oxiri ko’rinmay qo’ydi manzil.
Bora-bora oxiri baribir tugadi sabr,
Boshida og’ir, keyin esa alam,
Keyin esa oddiy holga aylanib qoldi alam ham.

Sen men deb yig’lamagin, yuragimni ezmagin,
Holimni so’rmagin, keragi yo’q.
Men seni ming sevsam ham,
Jonim bilan o’lchasam, arzimadim ham. (x2)

Agarda so’zlaringga bo’lsa ham isbot,
Qilib qo’ysang ham ot, baribir ishonmayman umrbod.
Chunki sening so’zlaringdan ko’ra ko’zlarimga ishonaman ko’proq.
Uzoq manzili yo’q yo’ldan olib ketding mani qayga?
Men sho’tta to’xtadim, sekin qaytaman ortga.
Sen esa ketaver boshing oqgan tarafga,
Hammasi tugadi, aylanib bo’ldi sarobga.

Oxiri yo’q bu yo’ldan yurib charchadim,
Seni qanchalar bilsam ham bilolmadim.
To’g’risi bu safardagisiga chiday olmadim,
Bu qilgan xiyonatingni kechirolmadim.

Agarda shu sevgi bo’lsa haqiqatdan,
Unday bo’lsa bugun man undan kechmoqdaman.
Mana hamma narsalaring ol,
Bugun seni yuragimdan yulib tashlamoqdaman.

Mana-mana man, mana san, mana man,
Bugun hammasi tamom agar bilsang.
Mana-mana man, mana san, mana man,
Mana hamma sovg’alar olib ketsang.
Mana-mana man, mana san, mana u,
Endi farqi yo’q kim bilan bo’lsang.
Mana-mana man, mana san, mana man,
Axir sani qanchalar sevardimku. (x2)

Sen men deb yig’lamagin, yuragimni ezmagin,
Holimni so’rmagin, keragi yo’q.
Men seni ming sevsam ham,
Jonim bilan o’lchasam, arzimadim ham. (x2)

Mana-mana man, mana san, mana man.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lamagin
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 30, 2014