VIA Sharq - Bu yurak qo'shiq matni, lyrics

VIA Sharq

Bu yurak

Sen olissan garchi mendan yorim bu dam,
Sening bir bor go`zal vasling ko`rolsam.
Mendek ko`kda oyga termulolsang, erkam,
Yuzlashardik birga oyda, azizam, wow.

Men olisman garchi, sendan yorim bu dam,
Qani men ham sening vasling ko`rolsam.
Mayli, birga ko`kka termulaylik dildan,
Sevgi sog`inchlarin aytib yurakdan.

Sog`inadi yurak,
Sog`inadi yana, dard to`la dil halak.
Ovunadi yurak,
Ovunar, faqat unga bir sen kerak. (x2)

Kel deya yonimga chorlab seni har dam,
Tunda oy-u kunda quyosh bo`laman.
Masofalar bilmas mening sevgim hech ham,
Ko`rgan chog`im shunda baxtga to`laman.

Kel deya chorlagin meni o`zing, erkam,
Tunda sahro, kunda daryo kechaman.
O`rtamizda qancha masofa bo`lsa ham,
Muhabbatim, albat senga yetaman.

Sog`inadi yurak,
Sog`inadi yana, dard to`la dil halak.
Ovunadi yurak,
Ovunar, faqat unga bir sen kerak. (x2)

Sog`inaman, sog`inchim osmon,
Ta’riflash uchun ojizdir zabon.
Diydor kunini tinmay-tinmay kutaman,
Ko`zlaring ketmas ko`z oldimdan hamon.

Sog`inadi yurak,
Sog`inadi yana, dard to`la dil halak.
Ovunadi yurak,
Ovunar, faqat unga bir sen kerak. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu yurak
Xonanda:
VIA Sharq
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 18, 2017